Tekis harakat

Tekis harakat — harakat davomida tezligi yo’nalish jihatdan har qancha o’zgarsa ham, kattalik jihatdan o’zgarmasdan qoladigan harakat. Tekis harakat to’g’ri va egri chiziqli traektoriya bo’yicha yuz berishi mumkin. To’g’ri chiziqli harakatda jismning ko’chish vektori bilan tezlik vektori bitta chiziqda yotadi. Egri chizikli harakatda esa tezlik vektori o’z yo’nalishini vaqt o’tishi bilan uzluksiz o’zgartira boradi va uning yo’nalishi hamma vaqt harakat traektoriyasiga o’tkazilgan urinma bo’yicha bo’ladi. Tekis harakatda jismlarning biror v tezlik bilan t vaqt oralig’ida bosib o’tadigan yo’li sqvt munosabat orqali aniqlanadi. Qattiq jasmlar ilgarilanma Tekis harakat qilishi va qo’zg’almas o’q atrofida tekis aylanishi mumkin. Birinchi holda qattiq jismni tashkil etuvchi har bir nuqtasining harakat tezligi v> ham son qiymati, ham yo’nalishi bo’yicha bir xil bo’lib o’zgarmasdan qoladi. Aylanma harakatda esa, jismni tashkil etuvchi hamma nuqtalarning burchak tezliklari yu bir xil qiymatga ega bo’lib, vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi va t vaqt oralig’ida jismning burilish burchagi FQ(og’munosabat orqali aniqlanadi.