TEKSTURA

TEKSTURA (lotincha textura — gazlama, tuzilish) — amorf jismlardagi molekulalar yoki polikristallarda, kristallar va gazlamalarda tolalarning muayyan yo’nalishda joylashuvi. Tabiatda (masalan, ba’zi minerallarda) uchraydi, sun’iy usulda ham (mas., kristallash yo’li bilan) hosil qilinishi mumkin. Tekstura materiallarda xossalar anizotropiyaenga sabab bo’ladi. To’qimachilikda tolalardan hajmdor (teksturlangan) ip olishda Tekstura xossasiga asoslaniladi. Tekstura tog’ jinslari va yog’ochda uchraydi, magnit Tekstura ham mavjud.