TEKTONIK BUKILMALAR

TEKTONIK BUKILMALAR – Er po’stining tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan chiziq shaklidagi har qanday pasayishi yoki bukilishining umumiy nomi. T.b. Er pusti evolyusiyasining turli davrlarida har xil kuchlar ta’siri ostida paydo bo’ladigan ko’pgina turlitumanlik bilan tavsiflanadi. Ular, odatda, o’zlari bilan bir vaqtda paydo bo’lgan tektonik ko’tarilmalar bilan bog’liq bo’ladi. T. b. orasida shartli ravishda bir necha guruhlar ajratilishi mumkin: geosin klinalli T.b. — chuqur bukilishning tor zonalari bo’lib, cho’kindi va vulkanogen jinslarning kalin katlami bilan to’lgan va keyinchalik burmalanishga uchragan (q. Geosinklinal); ular, odatda, Er po’stining kuchli cho’zilishi sharoitida vujudga keladi. Uzun novsimon geosinklinal bukilmalar ba’zan tektonik troglar deb ataladi (N. S. Shatskiy, 1946). Odatda, ularning o’rnida burmalanish jarayonida yirik sinklinoriylar shakllanadi. Burmalangan oblastlarning ichki (evgeosinklinal) zonasida joylashgan geosinklinal T.b. okean osti er pusti tipida rivojlangan (mas., Uraldagi Magnitogorsk, Tagil bukilmalari); burmalangan oblastlarning tashki (miogeosinklinal) zonasida joylashgan geosinklinal T.b. kontinental (qurukdik) Er po’stining tagiga joylashadi. Chekka yoki old T.b. tog’lar zanjirining o’sish oldi tomondan siqilish sharoitida platformalar chetida tog’hosil bo’lish va burmalanish epoxasida vujudga keladi (mas., Uraloldi, Alo’yuldi, Mesopotamiya va b.) va ularning emirilish mahsuloti, asosan, molasslar bilan tuldiriladi; ularning bukilishi ma’lum miqdorda yondosh burmali tog’larning ko’tarilishini ta’minlaydi. Geosinklinal rivojlanishining orogen etapida burmalangan oblastlarning orqa qismida tog’lararo bukilma hosil bo’ladi, ular ko’tarilmalar (tog’tizmalari) oralig’idagi tektonik depressiyalardan iborat va chekka T.b. singari molasslar bilan to’lgan. Platforma ichki T.b. ham mavjud bo’lib, bular orasida riftli bukilmalar qad. avlokogenlar kabi alohida o’rin egallaydi. Epiplatformali orogenez jarayonida molass yotqiziklari bilan to’ldirilgan, lekin vulkanizm hodisasisiz tog’oldi T. b. vujudga keladi. T.b. oldingi bu-kilmalar o’rnida katta tanaffussiz vaqt davomida paydo bo’lgan va ancha qad. strukturalarda uzoq tanaffusdan keyin vujudga kelgan, nomuvofiq holda yotgan qoplamali bukilmalarga bo’linadi. T.b. qiya sinklinal, sinklinoriy, grabenlar shaklida bo’ladi; ba’zi hollarda T.b.ning cho’kindi jinslari tektonik qoplam ko’rinishida chetga siqib chiqariladi.