Tektonika
Tektonika (Yun. tektonikos — qurilishga oid), geotektonika — geologiyaning bo’limi; er po’sti (litosfera)ning strukturasi, harakati, deformasiyasi va rivojlanishi, erning butunicharivojlanishibilanbog’liqligi to’g’risidagi fan (q. Tektonik harakatlar, Tektonik deformasiyalar). T.ning asosiy vazifasi er po’stining hoz. strukturasi, undagi turli tog’jinslarining joylashishi va yotish sharoitlari, turlicha (kichik burmalar va siniqlardan tortib qit’a va okeanlargacha) struktura elementlarining qonuniyatli uyg’unligini o’rganishdan iborat. T. geol. ning ko’p sohalari, ayniqsa strukturalar geologiyasi, stratigrafiya, petrografiya, litologiya, paleogeografiya, foydali qazilmalar haqidagi ta’limot bilan bog’liq. T.da bir necha ilmiy yunalishlar mavjud. Umumiy yoki morfologik T. (strukturalar geol.si deb ham ataladi) — litosferaning turli struktura elementlarini o’rganadi. Regional T. — Er po’stining ayrim uchastkalari yoki litosferadagi struktura shakllarining tarqalishini o’rganadi. Tarixiy T. — tektonik harakatlar va er pusti ayrim struktura elementlarining shakllanishi va umuman strukturalarni o’rganadi, taraqqiyotning asosiy etap va bosqichlarini belgilaydi, uning umumiy qonuniyatlarini aniklaydi. Fasiyalar va qatlamlar qalinligini analiz qilish yo’li bilan turli tipdagi cho’kindi jinslar (fasiyalar)nij maydon bo’ylab taqsimlanishi, turli kesmalar va qatlamlar qalinligining o’zgarishi o’rganiladi. Formasiey analiz muayyan tektonik sharoitda hosil bo’lgan tog jinslari formasiyasining maydonda joylashishi va vaqtini (kesma bo’yicha) aniqlaydi. Hajm metodi yordamida er pusti taraqqiyotining turli etap va bosqichlarida hosil bo’lgan tog jinslari yirik komplekslarining hajmlari aniqlanadi va qiyoslanadi. Cho’kindi va metamorfik qatlamlar kesmalaridagi tanaffuslar va nomuvofiqliklar analizi teknotik harakatlar faolligi oshgan fazalarni belgilahdan iborat. Regional va tarixiy T. materiallaridan tektonik xaritalar tuzishda foydalaniladi. Genetik yoki nazariy T. Er pusti va uning strukturasi taraqqiyoti umumiy nazariyasini yaratish maqsadida ularning regional va tarixiy T. tomonidan aniqlangan taraqqiet qonuniyatlarini umumlashtiradi. Bunda turli metodlar va, birinchi navbatda, struktura analizi metodi qo’llaniladi. Bunda siljish va boshkalar bilan bog’liq burma, yoriq, darzlik, uzilmalar kabi tektonik buzilishlarning hosil bo’lish sharoitlari va ketmaketligi qanday bo’lganligi aniqlanadi. Qiyosiy T. metodi bir sinfga mansub struktura elementlarining tipomorf xususiyatlarini va ularning taraqqiyot izchilligini aniqlash uchun imkon boricha ularning ko’pini qiyosiy o’rganishdan iborat. Turli tipdagi strukturalar genezisini o’rganishda tobora ko’proq ahamiyat kasb etayotgan eksperimental metod ko’pincha o’rtacha va mayda struktura shakllarini o’xshashlik tamoyiliga asosan fizik modellash bilan shug’ullanadi. T. ning yangi sohasi — tektonofizikaniit taraqqiyoti genetik T. masalalarini ishlab chiqishga ta’sir ko’rsatmoqda. Neotektonika er tarixining eng yangi (neogenantropogen) davriga oid tektonik harakatlarni va bu davrda hosil bo’lgan strukturalarni o’rganadi. Hoz. tektonik harakatlarni o’rganishda maxsus metodika (asosan, instrumental geodezik metodlar) qo’llaniladi. T. bilan seysmologiyaning bir-biriga tutashib, birbirini tuldirishidan seysmotektonika vujudga keldi. T. foydali qizilmalarni qidiruv va razvedka ishlarini rasional yunaltirishga imkon beradi. T. taraqqiyotining asosiy etaplari va hozirgi holati. Antik davrdayoq er yuzasida sokinlik hukm surmasligi, balandliklar va pastliklar (ko’tarilmalar va botiqlar) borligi ma’lum edi. O’rtaosiyolik buyuk olim Beruniy dengizlar tubi kutarilib quriqlikka aylanishi va aksincha quruklik chukib dengizga aylanishi, Er pustida ogirlikning muvozanatlashib turishi haqida aniq fikrlar bildirgan. U toglarning paydo bulishi va yo’q bo’lib ketishi tabiiy omillar natijasida ro’y berishi haqidagi nazariyani yaratdi. Uyg’onish davrirya Leonardo da Vinchi va b. olimlar dengiz sathidan ancha baland bo’lgan joylarda toshqotgan dengiz chig’anoklarining topilishi quruqlikning ko’tarilishidan dalolat beradi degan xulosaga kelganlar. 17-a.da N. Sg’yaenoning fikricha, cho’kindi tog’jinslari katlamlari dastlab gorizontal holda joylashgan, keyinchalik turli harakatlar natijasida qiya holatga kelgan va burmalangan. 18-a. ning 2yarmida M.V.Lomonosov va J. Getton asarlarida er po’sti taraqqiyotida vertikal harakatlar — kutarilishlar va cho’kishlar etakchi rol o’ynaydi deyilgan. Bu g’oya 19-a.da nemis olimlari L. Bux, A. Gumboldt, B. Shtuder ishlarida yanada rivojlantirilgan; bu olimlar “ko’tarilish kraterlari” haqidagi dastlabki ilmiy tektonik gipotezani shakllantirganlar. Bu gipoteza Rossiyada D. I. Sokolov va g.V.Abix (Kavkaz bo’yicha) tomonidan quvvatlangan edi. 19-a. o’rtalaridan kon sanoati taraqqiy etishi bilan er po’stidagi burmalar va uzilmalar sistematikasi bo’yicha tadqiqot olib borilib, dastlabki xulosalar shveytsariyalik geolog A. Geym va frantsuz geologi E. de Marjerining (1888) struktura terminlarida keltirilgan. Turli yoshdagi burmali zonalar er yuzasi bo’yilab notekis joylashganligi geosinklinalpar nazariyasi (Amerika olimlari J. Xoll, 1859; J. Dena, 1873; frantsuz geologi M. Bertran, 1887) bilan izohlanadi. Platformalar, xarakatlar va er po’stidagi deformasiyalar haqidagi ta’limotni ishlab chiqishda N. A. Golovkinskiy, A. P. Karpinskiy kabi rus olimlari salmokdi hissa qo’shdilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida erning taraqqiyoti haqida yangi fikrlar paydo bo’ldi, lekin ularning birontasi ham yagona fikr sifatida ko’pchilik tomonidan qabul qilingani yo’q. Pulsasion gipoteza tarafdorlari (u.X.Bacher, rus geologlari M.A. Usov va V. A. Obruchev, 1940) kontraktsion gipoteza kamchiliklarini tuldirishga urinib, er bir siqilib bir kengayib turgan degan fikrni bildirdilar. Erning kengayishi haqidagi gipoteza 1920-30 y.larda namoyon bo’ldi. Bu gipotezani B. Lindeman (1927), nemis olimi o. Xilgenberg (1933), Venger geofizigi L. Eded (1946) rivojlantirdilar. Avstriyalik geology O. Amferer (1906) va b. tadqiqotchilar Er mantiyasi, pust ostidagi konvektsion oqimlar er po’stidagi tektonik deformasiyalar manbaidir, degan goyani ilgari surdilar. 1940 y. V. V. Belousov radiomigrasiya gipotezasini yaratdi. Unga binoan, tektonik jarayonlarni asosiy manbai radiogen issiqliqdir. A. Vegener (1912) butunlay o’zgachadreyflar gipote-zasi bilan chiqdi. Okean plitalarining zaminiga erigan vulkan tog’jinslarining cho’kishi va surilayotgan plitaning chekkalarini birmuncha ko’tarilishi natijasida tog’tizmalari, okean orollar yoyi zonasi hosil bo’ladi. Aleut va Kuril o.lari, Yaponiya, Indoneziya, Filippin va b. materiklar shunday paydo bo’lgan. Ularning okeanga karagan qismlarida okean litosfera plitalarining cho’kish chizig’ida joylashadigan okean novlari hosil bo’ladi. Okean plitalarining chekkalari cho’kayotganida cho’kindilarni o’zlari bilan novga olib ketadilar. Bunda cho’kindilarning bir qismi plita bilan pastga ketib, bir qismi kontinentlarni yoki orollar yoyi zonasining chekkasiga kirib tog’tizmalarini hosil qiladi. Kontinentlar ortilgan 2 kalin plitalar bir-biriga cheti bilan tayanib, katta bukilma hosil qiladi. Bukilmaning ko’tarilayotgan qismida astasekin tog’lar, cho’kayotgan qismida “tog’ildizlari” vujudga keladi (mas., hozirgi kontinentlarda joylashgan shim. Pomir, Tyanshan, Kopetdog’va b.). Litosferaning asosiy oltita ulkan plitalaridan tashqari mayda plitalari ham bor. Bu Arabiston ya.o. va uning shim. qismida joylashgan Erondagi Zagros tog tizmasidir. Shunday qilib, nazariy T. va er pusti palaxsalari gorizontal yunalishda ozmiko’pmi surilib turadi degan fiksizmdan farkli o’laroq, yangi oqim — mobilizm dunyoga keldi. Tokembriy geol.si va geoxronologiyasini ishlab chiqishdagi muvafaqqiyatlar er po’sti taraqqiyoti ilk bosqichlari xususiyatlarini anikdashga imkon berdi (E. V. Pavlovskiy va b.). 20-a.ning 60y.larida er po’sti yuqori mantiya tuzilishini geofizik usullar bilan o’rganish natijasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog’liq holda T. taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Mantiyada kam yopishqoq astenosfera qatlami borligi tasdiklanadi: okeanlarni o’rganish natijasida dunyo okean osti tof tizmalari sistemasi va ularni murakkablashtirgan riftlar, shuningdek bu tizmalar bo’ylab cho’zilgan magnit anomaliyalari kashf etildi, qad. geologik davrlar magnit maydonini orientirlash metodi ishlab chiqildi. Mobilistik tasavvurlarning yangicha kurinishlari paydo bo’ldi (Peyve va b.), Er moddasi differentsiyasi gipotezalarini sof fiksistik yoki mobilistik asosda ishlab chiqish davom etdi. Ad.:Buxarin A. K., Brejnev V. D. i dr., Tektonika Zapadnogo TyanShanya, M., 1989;Djamalov D. B., Ziyaxanov 3. i dr., Chetvertichnaya tektonika zoni sochleneniya Sredinnogo i Yujnogo TyanShanya, T., 1986; Ibragimov R. N ., Seysmogennie zoni Srednego TyanShanya, T., 1978; Sitdikov B. B., Neotektonika Zapadnogo TyanShanya, T., 1985.