TEKUCHEV ALEKSEY NIKITICH

TEKUCHEV ALEKSEY NIKITICH (1900, Yuqorikurmayarsk — 1978) — fizik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1950); fizika matematika, fanlari doktori (1945). Moskva universitetini tugatgan (1930). 1930 yildan boshlab Samarqand Pedagogika akademiyasida, O’zDU da (1945-56), Ryazan davlat pedagogika institutida ishlagan. Ilmiy ishlari, asosan, geliotexnika masalalariga bag’ishlangan. U metall plyonkalarning optik xossalarini o’rganib, bu plyonkalarning yorug’likni aks ettirish va yutish koeffitsientini aniklash usullarini ishlab chiqishga muvaffaq bo’lgan, sirtlarning nur yutish va qaytarish koeffitsientlarini aniqlagan.