Telefon tarmoqlari

Telefon tarmoqlari – telefon aloqa o’rnatish uchun mo’ljallangan texnik inshootlar va jihozlar majmui. Unga aloqa uzeli, telefon styalari, aloqa liniyalari va abonent qurilmalari kiradi. T. t. mahalliy (qishloq va shahar tarmoqlari), hududiy, shaharlararo va xalqaro xillarga bo’linadi. Qishloq T. t.da oxirgi telefon styalari o’zaro uzel styasi orqali, uzel styalari esa Markaziy stya orqali ulanadi, Markaziy stya shaharlararo avtomatik telefon styaga ulanadi. Shahar T. t. tumanlashtirilmagan (agar shaharda bitta stya bo’lsa) va tumanlashtirilgan (bir necha stya bo’lsa) bo’ladi. Sh aharl araro T.t. shaharlararo avtomat telefon styalari (ShATS), avtomat kommutasiya uzellari (aku), ularni o’zaro biriktiruvchi aloqa liniyalari to’plamidan iborat. Aku shaharlararo kanallarni tranzit (to’g’ridanto’g’ri) ulaydi. Xalqaro T.t. xalqaror ShATS, avtomat tranzit uzellari va aloqa hamda qit’alararo liniyalaridan iborat. T.t. telefon styalari va uzellari ishi avtomatlashtirilgan, avtomat telefon stya va Aku lar tatbiq etilgan. O’zbekistonda T. t. faoliyati “O’zbektelekom” AK tomonidan tartibga solib turiladi.