Teleks

Teleks [tele… va ing. ex(change) — almashinuv] — abonentlar orasida ikki tomonlama bevosita telegraf xabarlar almashish uchun mo’ljallangan xalqaro telegraf aloqa tarmog’i. “Teleks” kommutasiya telegraf styalari bo’lgan mamlakatlarning milliy telefaf tarmoqlarini birlashtiradi. Styalar kabel va radioliniyalar, shuningdek kosmik aloqa tizimidan foydalangan holda telegraf aloqa kanallari bo’yicha bir-biri bilan xabarlar almashinadi. Abonentlarni milliy, xalkaro va qit’alararo kommutasiya styalari avtomatik tarzda (abonent rakamini terib) yoki buyurtma bo’yicha (stya operatorlari orkali) ulaydi. Har qaysi abonent tomonda avtomatik tarzda javob beruvchi qurilmali startstop (ulashuzish) telegraf apparata va chaqiruv asbobi bo’ladi. Jahondagi 150 dan ko’p mamlakat (shu jumladan Uzbekistan) milliy telegraf tarmoklarini birlashtiradi (2004).