Telemexanika

Telemexanika (tele… vo mexanika) — 1) axborot (signal) larni masofadan turib boshqarish va nazorat qilish maqsadida ularni uzatish xdmda qabul qilish usullarini va texnika vositalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan fan. T. fan va texnikaning axborotlarni masofadan turib uzatish bilan bog’liq bo’lgan boshqa sohalari (telefon, telegraf, televidenie va b.)dan axborotlarning juda anikligi (0,1%gacha), T. kurilmalarini avtomatlashtirish darajasining yuqoriligi, axborotlarni ishlab chiqishning markazlashtirilishi va b. omillar bilan farq qiladi. T.ning boshqarish va nazorat qilish ob’ektlari — texnologik jarayonlar, mashinalar, qurilmalar, biologic tizimlar va b.; 2) axborotlarni kodlash, ularni simli aloqa va radioaloqa kanallari bo’yicha uzatish vositalarini ishlab chiqish, yaratish va ulardan foydalanish bilan shug’ullanadigan texnika bo’limi. T. tizimlarida axborotlar, odatda, bir aloqa kanali bo’yicha uzatiladi. T. vositalari gaz va neft quvurlari, atom elektr styalari, ba’zi kimyoviy korxonalar, avtomatik meteorologiya styalari va b.da teleo’lchash va teleboshqarish uchun qo’llanadi (q. Telemetriya, Telemexanika tizimi).