Televidenie

Televidenie (tele… — va rus. videnie — ko’rish) — fan, texnika va madaniyatning ko’rinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bog’liq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat o’zi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni ko’rish istagi bilan hamisha band bo’lib kelgan. Bu istak ko’p halqlarning afsona va ertaklarida o’z aksini topgan. Mas., Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini ko’zguda ko’rib oshiq bo’lib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika “sehrli ko’zgu” (“oynai jahon”) ga aylangan 20- a. da ro’yobga chiqdi. T. tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (19-a. oxirida portugal olimi A. Di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20-a. 30y.lariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chikishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884 y. boshlab bergan). 30y.lar o’rtalaridan boshlab dastlabki elektron T. tizimi paydo bo’ldi. Inson ko’zi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi bo’g’im hisoblangani uchun television tizimlar ko’zning ko’rish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, ya’ni T. ko’z xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar o’rnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar ob’ektiv orqali biror ob’ektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorug’lik intensivligiga monand elektr signallari olinadi. T. taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) u. Smit (AQSh) ning, tashki fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888) A. G. Stoletovnij, radioalokani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning, “katod teleskop” tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim bo’yicha lab. sharoitida birinchi marta elektron television uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928 y.da o’zbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan “radiotelefot”ni yaratdilar. T. elektron tizimlari amalda 1920-40 y.larda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. Bunga B. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSH), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Kataev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing, P. V. Timofeev, P. V. Shmakov (SSSR) va b. olimlar kata hissa qo’shishgan. Televizion tasvirlar 3 jarayonda uzatiladi: 1-uzatuvchi ob’ekt chiqargan yoki qaytargan yorug’likni elektr signal-lariga aylantirish; 2elektr signallarini aloqa kanallari bo’yicha uzatish va qabul qilish; 3elektr signallarini ob’ektning optik tasvirini hosil kiluvchi yorug’lik impulslariga aylantirish. Uzatishda tasvir elementlarini elektr signallariga, qabul qilishda uzatilgan signallarni tasvir elementlariga ketma-ket aylantirish jarayoniga tasvirlarni tiklash deyiladi. Tasvirlarni analiz va sintez qilish jarayonlari sinxron hamda sinfaz bo’lishi kerak. Televizion ko’rsatuv tizimida chiziqlisatr yoyilma qabul qilingan; bunda hosil qilinadigan tasvir kadri gorizontalsatr strukturaga ega bo’ladi. Tiklashning sinfazligini saklash uchun har qaysi satr va kadr oxirida sinxronlovchi impuls uzatiladi. Shu bilan television stya o’z ta’sir zonasidagi barcha televizorlardagi tiklanishlarni boshqaradi. T. da optik tasvirlarni hosil qilish va tiklash jarayonlari texnik jihatdan asosan vakuumli elektronnurli trubka yordamida amalga oshiriladi. Uzatuvchi trubkalar ichida ichki fotoeffektli vidikon va tashki fotoeffektli superortikon, qabul qiluvchi trubkalardan esa turli kineskoplar keng tarqalgan. Oqqora T.da yorug’lik signali (videosignal) uzatuvchi trubkadan chiqishda kuchaytiriladi va elektr signaligaaylantiriladi. Bunda radiokanal yoki kabel kanali aloka kanali bo’lib xizmat qiladi. Qabul qiluvchi qurilmada qabul qilingan signallar bir nurli kineskopda yorug’lik nurlariga aylantiriladi; bunda kineskop ekrani oq nur nurlatadigan lyuminofor bilan qoplangan. Rangli televideniem tabiatdagi barcha ranglarni ma’lum nisbatda olingan 3 ta asosiy rang — qizil, yashil va ko’k ranglardan optik jihatdan tiklash mumkin bo’lgani uchun televizion uzatish kamerasi yoritilganlik signalini va asosiy ranglar signallarini yaratishi uchun bir emas, balki 3 ta trubkadan iborat bo’ladi. Uzatishda (telemarkazda) ana shu barcha signallar kodlanadi, qabul qilishda (televizion priyomnikda) dekodlanadi. 80y.lar o’rtalaridan boshlab raqamli T. tizimi ustida ishlar olib borildi va amalda joriy qilindi. Bu tizimda elektr impulslarning kod (raqam) li kombinasiyalari ketma-ketligidan foydalaniladi. Kabelli T. tizimidan ham foydalanilmoqda. Unda atmosfera va b. xalaqitlar bo’lmaydi. Kabellar (yorug’lik o’tkazgichlar) asosan er ostidan o’tkaziladi. T. tizimlar quyidagi asosiy belgilari bo’yicha tasniflanadi: sifat belgisi bo’yicha — oqqora (monoxromli), rangli, stereomonoxromli va stereorangli; signallarni qanday shaklga keltirishi (videoinformasiya) bo’yicha — analog va diskretli (raqamli); aloqa kanali spektrining chastotasi bo’yicha — keng polosali va tor polosali. T. inson turmushida muhim o’rinni egalladi; televizion eshittirish sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xo’jaligining turli tarmoklarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi. Tasvirni uzoq masofaga olib ko’rsatish tajribalari 20-a. 30y.larida boshlandi. SSSR da 1931 i. 1 okt.dan qo’zg’almas tasvirlarning kam qatorli television ko’rsatuvlari muntazam olib borildi. Harakatlanuvchi tasvirlarning birinchi ko’rsatuvlari 1932 y. amalga oshirildi, 1934 y. ovozli T. paydo bo’ldi. 30y.larning oxirida kam qatorli mexanik T.dan elektron T.ga o’tilishi T. taraqqiyotida yangi bosqich bo’ldi. 1962 y.da SSSR da kosmik T. yaratildi. Yaqin kosmosga televizion xizmatni talab etadigan er sun’iy yo’ldoshlari va orbital styalar uchirildi. T. Oyning erdan ko’rinmaydigan tomonini o’rganishga imkon yaratdi, oy, Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi va b. Elektron T. ko’rsatuvlari tajriba tarikasida 1938 y. Moskva va Leningradda namoyish qilindi. 1939 y.dan esa muntazam ko’rsatuvlar boshlandi. Muntazam teleko’rsatuvlar Buyuk Britaniya va Germaniyada 1936 y., AQSh da 1941 y., Evropa mamlakatlarida 20-a. 50yillarida, rivojlanayotgan mamlakatlarida 60y.larda boshlandi. Hoz. dunyoda T. kjsak darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar o’z T.siga ega, AQSh va 3 ta umummilliy teletarmoq — “EyBiSi”, “SiBiEs” va “EnBiSi” faoliyat ko’rsatmoqda. Angliyada “Bibisi”, Frantsiyada TF, Rossiyada 1kanal, RTR, NTV, TNT va b. telestudiyalar mavjud. Toshkent telemarkazining tajriba sinov ko’rsatuvlari 1956 y. 5 noyabrdan boshlandi. 1957 y.da O’zbekiston radioeshittirish va televidenie qo’mitasi tashkil etiddi, qo’mita 1992 y. 7 yanvarda O’zbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, O’zbekiston Prezidentining 1996 y. 7 maydagi farmoni bilan esa O’zbekiston teleradiokompaniyasi (“O’zteleradio”) ga aylantirildi. “O’zteleradio” ommaviy axborot vositalarining muassasasi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquklariga ega bo’ldi. “Uzteleradio”ning Qoraqalpog’iston Respublikasida, viloyatlarda hududiy (mintaqaviy) bo’limlari mavjud. O’z TV da 4 ta kanal bor. Ularda har kuni 52 soat (“Uzbekistan” — 18 soat, “yoshlar” — 16 soat, “Toshkent” — 7 soat, “Sport” — 11 soat) ko’rsatuv efirga uzatiladi. Viloyatlar teleko’rsatuvlari bir kechakunduzda 15,5 soatni tashkil etadi (2004). “O’zteleradio” jahondagi ko’pgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, Amerikaning CNN, Germaniyaning DW, Yaponiyaning NHK, TBS, FUJI, Koreyaning KV5, Turkiyaning TRT, Rossiyaning etakchi telekompaniyalari bilan keng tarmokli aloqalarga ega. O’zbekiston TV ning “axborot” dasturi SCOLA (AQSh) konsortsiumi hamkorligida Internet orqali uzatib boriladi. T. paydo bo’lishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat o’zgarishi yuz berdi — insoniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq o’rtasida eng kiska va qulay yo’l barpo etildi, i neon ongiga va histuyg’usiga ta’sir etishning ishonchli vositasi vujudga keldi. T. garchi so’zni bosma ravishda ko’paytirmasdan ijtimoiy hayotni ovoz va tasvir vositasida aks ettirsada, u matbuotning, ommaviy axborot vositalarining bir turi hisoblanadi va uning krnunkridalari asosida ish ko’radi. T. matbuotning ijtimoiy informasiya yigish va tarqatish vazifasining 3 qirrasi bo’lmish tasvir, tahlil va ta’sir funktsiyalarini to’la bajaradi, ya’ni u hayotdagi voqea va hodisalarni tasvirlaydi, ularni taxlil qiladi, hayotga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Matbuotning umuminsoniylik, xalqchillik, milliylik, haqqoniylik va b. tamoyillari ham T. faoliyati uchun bosh qonun hisoblanadi. Matbuotning ijodiy an’analariga amal qilish va yangi omillar yaratish, jamoatchilik fikrini ifodalash va b. qonuniyatlari ham T. uchun bevosita taalluklidir. Matbuot materiallarining o’zagini tashkil etuvchi publisistika ham T. faoliyatida keng qo’llanadi va uning o’ziga xos xususiyatlari bilan Birlashgan holda telepublisistikani tashkil etadi. T.da publisistikaning har 3 — informasion, taxdiliy va badiiy ko’rinishlari keng xizmat kiladi. T. faoliyati telejurnalistika krnuniyatlari asosida olib boriladi. Telejurnalistika — jurnalistika qonunqoidalarining T. imkoniyatlari bilan birlashmasidan iborat. Telejurnalistika janrlari ham matbuot janrlari bilan T. xususiyatining qo’shilishidan kelib chikadi. Matbuotning informasion, tahliliy va badiiypublisistik janrlari T. xususiyatlari bilan mushtarak holda telexabar, telereportaj, telelavha, telesuhbat, telehisobot, telesharh, teleocherk, telefeleton va b. xillarga aylanadi. Ma’lum mavzuga bag’ishlangan teleko’rsatuvlar yig’indisi telejurnal deb ataladi. Shu bilan birgalikda T. ommaviy axborot vositalarining o’ziga xos, alohida bir turidir. U o’z funktsiyasini bajarishda publisistika bilan bir qatorda og’zaki nutq san’ati, adabiyot, teatr san’ati, kino, musika san’ati kabilardan ham keng foydalanadi. Shuning uchun ham T. boshqa ommaviy axborot vositalari orasida yuqori o’rinda turadi. Teleko’rsatuvlarda san’atning bu xildagi turlaridan keng foydalanish natijasida adabiyot va san’at turlari bilan mushtarak bo’lgan telenovella, teleminiatyura, telefilm, telespektakl, telekompozisiya va b. janrlar ham qo’llaniladi. O’zbekiston televideniesi teledasturlarining rangbarangligi respublikaning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, madaniyma’naviy hayotining barcha sohalarini qamrab olish va qiziqarli aks ettirish imkon iyatini beradi. Ergash Komilov, Nizomiddin Maxmudov, Muxtor Xudoyqulov.