Televizion trubka

Televizion trubka – televizion tasvirni uzatish va qabul qilishda ishlatiladigan elektronnurli asbob. Uzatuvchi va qabul qiluvchi turlarga bo’linadi. Uzatuvchi Televizion trubka optik tasvirni elektr televizion signallarga aylantirib beradi. Signallarga aylantirish tamoyiliga ko’ra, zaryadni yig’masdan uzatuvchi (dissektor) va yig’ib uzatuvchi xillarga bo’linadi. Uzatuvchi Televizion trubkalar: fotoemission (ikonoskop, ortikon), ikkilamchi elektronli (superikonoskop, superortikon), fotoo’tkazuvchi Televizion trubka (vidikon) va boshqalar. Qabul qiluvchi Televizion trubka (kineskop) televizorda tasvirni namoyon qilish (ko’rsatish) uchun ishlatiladi.