TELO’NYAY

TELO’NYAY — Litvadagi shahar. Mastis ko’lining shim. sohilida joylashgan. Kretinga — Shyaulyay yo’nalishidagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 34 ming kishi (1995). “Mastis” trikotaj ishlab chiqarish. birlashmasi, hisoblash mashinalari, yog’-moy zavodlari bor. Qurilish materiallari, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqariladi. O’lkashunoslik muzeyi mavjud. Shahar 15-asrdan ma’lum.