TELUGU
TELUGU (Andhra) — Hindistondagi xalq, Andxrapradesh shtatining asosiy aholisi. Shuningdek, Tamilnad va Karnataka Shtatlarida ham yashaydilar. 74,5 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Telugu tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, hinduizmga e’tiqod qiladi, bir qismi sunniy musulmonlar. Telugu dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanadi.