Telugu (Andhra) tili

Telugu (Andhra) tili – dravid tillaridan biri. Hindistonning AndhraPradesh shtatining rasmiy tili, qo’shni Shtatlar, shuningdek, Shrilanka, JAR, Myanma, Malayziya, Singapur va b. joylarda tarqalgan. Hammasi bo’lib 75 mln. dan ortiq (1996) kishi so’zlashadi. T. t. lahjalari 4 guruhga bo’linadi: shim. Sharqiy, Markaziy, shim.g’arbiy va Janubiy. Ular o’rtasidagi fonetik va morfologik tafovutlar uncha katta emas. T. t.da grammatik jihatdan o’ziga xos hodisalar mavjud: 1 va 2 shaxs kishilik olmoshlarining maxsus shakllari, tuslanishli va tuslanisheiz fe’llarning ayrim ko’rsatkichlari. Eng qad. yodgorliklari 525-600 y. larga mansub. Adabiy til 14-17-a.larga kelib shakllangan hamda unga sanskrit va prakrit tillari kuchli ta’sir o’tkazgan. 19-a. boshida T. t.ning adabiy shakli og’zaki tildan jiddiy farq qilib qoldi 19-a. oxiridan og’zaki so’zlashuv tiliga yaqin yangi adabiy til uchun harakat boshlandi. Yozuvi brahmining Jan. shaklidan kelib chiqqan. Ad.: Petrunicheva 3. N., Yazo’k telugu, M., 1960.