Temiratki

Temiratki — tashqi ko’rinishi, kechishi va keltirib chiqaruvchi sabablari turlicha bo’lgan ko’pchilik teri kasallikyaarinch ifodalovchi termin. Qichishib, usti qipiklanib turadigan har xil toshmalar qadimdan T. deb atalgan. Qizil yassi T., pushti T., yuzdagi oddiy T., psoriaz — qipikli T., trixofitiya — qirma T. va b. farq qilinadi. Qizil yassi temiratki — terining surunkali kasalligi. Bunda bilakning ichki, boldirning old yuzasiga, bel, jinsiy a’zolar terisiga qizil, och pushti yoki binafsha rang, o’rtasi botiq, yaltiroq, ko’pburchak shaklida mayda tugunchalar toshadi. Ular qagtiq qichishadi, kattalashib atrofga tarqaladi, ba’zan bir-biri bilan qo’shilib, pilikchalar hosil qiladi. K,izil yassi T. ko’proq katta yoshdagi kishilarda badanning xamma joyida (yuzdan tashqari), og’iz shilliq qavatida, labning qizil hoshiyasida uchraydi. Pushti temiratki — terining infektsion kasalligi; turli yoshdagi kishilarda kuzatiladi. Dastlab terida yumaloq yoki oval shakldagi och pushti rangli mayda dog’lar paydo bo’ladi. Oradan 4-20 kun o’tgach dog’lar badanning xiylagina qismini egallaydi, o’rtasi qazgoklanib turadi. Bemorning umumiy ahvoli o’zgarmasligi ham mumkin, ba’zan uning trasi ko’tarilib, badani qichishadi, darmonsizlanadi. Keyinchalik dog’lar qo’ng’ir tus olib, oradan 4-8 hafta o’tgach, o’zo’zidan yo’qolib ketadi, o’rni qolmaydi. Ba’zan allergiyaga moyil kishilarning kasallik vaqtida terisi noto’g’ri parvarish qilinsa, o’tkir yallig’lanish kuzatiladi (dog’lar qipqizil bo’lib, namiqib turadi). Yuzdagi oddiy temiratkin i streptokokklar qo’zg’atadi. Yuzga, og’iz atrofiga har xil kattalikdagi och pushti rang toshmalar toshadi. Ko’proq bolalarda kuzatiladi. Tukli temiratki, asosan, qo’loyoqlarning yoziladigan joylari, ko’pincha dumba sohasida uchraydi. Shu joylarda ichida tuk bo’lgan, usti qipikli, ushlab ko’rilganda qo’lga kattik, unnaydigan mayda kulrang tugunchalar paydo bo’ladi. Ko’proq bolalarda kuzatiladi. Kasallangan teri quruq, g’adirbudur bo’ladi. Soch follikulalarida muguzlanish jarayonining buzilishi oqibatida vujudga keladi (q. Son). Kasallikka xos alomatlar bola 2— 5 yoshligidayoq yuzaga kelib, balog’atga etgan davrida aniq ko’zga tashlanadi, borabora yo’qolib ketadi; kasallik aksari qishda qo’ziydi. Bemorni teri kasalliklari bo’yicha mutaxassis vrach davolaydi. Unga doridarmonlardan tashqari, maxsus parhez buyuriladi. Terini to’g’ri parvarish qilish tavsiya etiladi.