Temur Malik
Temur Malik (12-a. oxiri 13-a. ning 1yarmi) — Xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xo’jand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, mo’g’ullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219 y.ning dek.da 3 kunlik jangdan keyin Banokatnn egallagan aloq no’yon boshliq 5 ming kishilik mo’g’ul qo’shini Xo’jandni qamal qilishga kirishadi. T. M. ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo o’rtasidagi orolda, suv 2 shoxga bo’linib oqadigan joyda, bir mustahkam qal’a qurdirib qo’ygan edi. Mo’g’ul qo’shini son va qurolaslaha jihatdan ustun bo’lgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, T.M. 1000 kishilik otryadi bilan 1220 y.ning apr.da orolga ko’chib o’tadi va tezlikda qal’ani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qal’a atrofini dushman halqa qilib o’rab oladi. Manjaniqaan otilgan toshlar orolga etmagandan so’ng mo’gullar xo’jandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. Taxm. 50 ming hasharchi tevarakatrofdan tosh, shoxshabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, mo’g’ullarning 20 ming kishilik qo’shini esa jangga kirishadi. T.M. usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, o’q otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirg’in keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, T.M. Orolni tashlab ketishga majbur bo’ladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayikda Sirdaryoning quyi oqimi bo’ylab suzib ketadi. Barchinlig’kent (Qizilo’rdadan taxm. 50 km Jan.da bo’lgan) yaqinida mo’g’ullar daryoni to’sib qo’yadilar. T.M. qirg’oqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Ko’p talafot berib, yolg’iz o’zi Kizilqum cho’li orqali 1220 y.ning yozida Xorazmga etib keladi. Askar to’plab Jo’jixon qo’shiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) sh.ni mo’g’ullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. T.M. 1221-32 y.lar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin o’z yurtiga qaytadi. Ma’lum vaqtdan so’ng T.M. mo’g’ullar tomonidan qo’lga olinadi va qatl qilinadi. T. M. jasorati haqida Mirmuhsin “Temur Malik” romani (1986)ni yozgan. Ashrafiy “Temur Malik” nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatriyaa uning “Temur Malik” baleti (1970) qo’yilgan. Toshkent sh.dagi shoh ko’chalarning biriga T.M. nomi berilgan. Ad.:Rashidad-din, Sbornik letopisey, t.1, kniga 2, [perevod s Pers. yaz. O. I. Smirnovoy], M.—L., 1952; Bartold V. V., Sochineniya, t.1, M., 1963; Mirzo Ulug’bek, to’rt ulus tarixi, T., 1994. Hamidulla Dadaboev.