TENGE

TENGE — Qozog’iston Respublikasi milliy pul birligi. 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga chiqarilgan. Xalqaro ifodasi KZT. Barcha qog’oz pul belgilarida Qozog’iston tarixidagi milliy arboblar (Kurmong’ozi Sag’irboyev, Cho’qon Valixonov, Abay Qo’nonbaev va boshqalar) ning rasmlari tushirilgan. Valyuta kurslari bo’yicha 1 AQSh dollari q 134,60 T. (2004, okt.)