Tenishev Adham Rahimovich
Tenishev Adham Rahimovich (1921.25.4, Penza 2004.11.7, Moskva) — turkiyshunos olim. Rossiya FA muxbir a’zosi (1984), Turk tili Kurumi a’zosi (1978), finugor jamiyati a’zosi (1982), Boshqirdiston FA faxriy a’zosi (1992). Leningrad unti sharqshunoslik ftini tugatgan (1949). Filol. fanlari dri (1969). Rossiya FA Tilshunoslik intining uraloltoy tillari bo’limi mudiri (1963 y.dan). Olim ishtiroki va rahbarligida turkiy tillarni qiyosiytarixiy grammatikasi yaratildi: “fonetika” (1984), “Morfologiya” (1988), “Sintaksis” (1986), “leksika” (1996). T. ilmiy ishlari asosan turkiy tillarni kiyosiytarixiy o’rganishga, “Oltin yoruq” yodgorligining grammatik xususiyatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan. As: Stroy sarigyugurskogo yazika, M., 1976; Stroy salarskogo yazika, M., 1976; Uygurskie teksti, M., 1984; uygurskiy dialektniy slovar, M., 1990; Drevnekirgizskiy yazik, Bishkek, 1997.