Tennessi

Tennessi – AQShning Jan. qismidagi shtat. Mayd. 109,1 mingkm2. Aholisi 5,8 mln. kishi (2002), 61 % shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Nashvill sh., boshqa yirik shaqarlari: Memfis, Noksvill, Chattanuga. T. hududining katta qismi sertepa platodan iborat, g’arbiy qismi pasttekislik, sharqida Appalachi tog’lari bor. Iklimi subtropik, kontinental iklim. Yanv.ning o’rtacha trasi 3-5°, iyulniki 25°, yillik yog’in 1100 — 1200 mm. Yirik daryolari — Tennessi va Kamberlend; ularda kema qatnaydi. T. — mamlakatning industrialagrar shtati. Yirik elektr styalar komplekslari qurilgan. Etakchi sanoat tarmoqlari: kimyo, atom, rangli metallurgiya. Elektrotexnika, qishloq xo’jaligi. mashinasozligi, avtomobilsozlik, yog’ochsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Foydali kazilmalardan toshko’mir, fosforit, rux, marmar qazib chiqariladi. Q.x.da chorvachilik etakchi o’rinda. Dehqonchilikda, asosan, soya, tamaki, shuningdek, makkajo’xori, bug’doy, paxta, emxashak ekinlari ekiladi. Tog’li qismida bog’dorchilik rivojlangan. Asosiy porti — Memfis.