Tenorit

Tenorit (italyan botanigi M. Tenore nomidan) — oksidlar sinfiga mansub mineral, misning tabiiy OK – sidi Sio; tarkibida 79,89% mis bor. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi kora va kulrang bo’lib, o’ta mayda plastinkasimon kristallardan tarkib topgan; kontsentrikpo’stloqsimon bo’lakchalar shaklida uchraydi, ba’zan, zich tuproqsimon agregatlari kuzatiladi (mas., malakonit). Qattikligi 3,5—4, zichligi 5,8—6,4 g/sm3. T. mis konlarining oksidlanish zonasida kuprit, malaxit, xrizokoll, tug’ma mis va boshqalar bilan, ba’zan vulkanlarning sublimatlarida hosil bo’ladi. T. xususiy konlar hosil qilmaydi, oksidlanish zonasida misning boshqa minerallari bilan birga qazib olinadi. Mis olish uchun xom ashyo hisoblanadi.