Tentakqushlar

Tentakqushlar (Caprimulgiformes) — kushlar turkumi. 5 oilasi bor: guaxalo yoki jiryaklar, baqaog’izlilar, Ispolin T., yapaloqqushsimon T., oddiy T. 24 urug’i va 103 turi mavjud. Vazni 60 g dan 600 g gacha. Tunda faol hayot kechiradi. Qanoti va dumi uzun, patlari yumshoq, kulrang yoki qo’ng’ir. Tumshug’i keng va qisqa, ko’zi katta, oyoqlari kalta. Yapalokqushlar singari tovushsiz uchish xususiyatiga ega. Erda sekin harakatlanadi. O’ljasini uchib borayotganida tutadi. Uya qurmaydi. 2 ta tuxumini erdagi qum yoki to’planib qolgan cho’pxaslar ustiga qo’yadi. Asosan, tropik o’lkalarda (o’troq), ayrim turlari mo”tadil iklimli mintaqalarda (uchib o’tuvchi) tarqalgan. O’zbekistonda saman va oddiy T. butali cho’llarda uya quradi. Tuxumini 18-20 kun bosadi. Hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo’jaligi.ga foyda keltiradi. T.ning bir necha turlari Tabiatni muxrfaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga va ayrim mamlakatlar qizil kitobiga kiritilgan.