Teosofiya
Teosofiya (Yun. theos — Xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng ma’noda — eng zo’r ilohiy sirlarni ochishga da’vo qiluvchi har qanday diniy ta’limot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi Xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar T.ning nazariy asosini tashkil etadi. G’ayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bog’lash mumkinligini tan olish T.ni spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor ma’noda — rus yozuvchisi E.P. Blavatskaya (1831— 91) va uning tarafdorlarining liniy ta’limoti bo’lib, unda buddizm va boshqa Sharq ta’limotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qo’shilib ketgan.