TEPAISHOH
TEPAISHOH — qadimgi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 4-asr). Hindistondan O’rta Osiyoga boradigan qadimgi karvon yo’li ustida, Kofarnihon daryosi bo’yida (Tojikiston) joylashgan. Tepaishoh dan xom g’ishtdan yasalgan minoralari bo’lgan to’g’ri burchakli Ark (qal’a) va uning saroyi, atrofi ochiq qishloq, nekropol va boshqalar chiqqan.