Tepolo (Tiepolo) Jovanni Battista

Tepolo (Tiepolo) Jovanni Battista (1696.5.3, Venesiya 1770.27.3, Madrid) — italyan rassomi, rasm ustasi, o’ymakor naqqosh; 18-a. Venesiya maktabining yirik vakili. G. Ladzarinidan ta’lim olgan, P. Veroneze va J.B.Pyatsettadan ilhomlangan. Asosan, Venesiyada, shuningdek, Milan (1731-32, 1732, 1740), Vyursburg (175053), Madrid (1762-70) da ishlagan. T. ijodi 16-18-a.lar italyan monumental san’ati taraqqiyotiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi; uning freska va kartinalari tubsiz kengliklari, tuganmas jo’shqinligi va erkin tasviri, nurhavo ta’sirining mukammalligi, bo’yoklarining engil va shaffofligi, rakurslarining favquloddaligi bilan jahon monumental bezak san’atining cho’qqilaridan biriga aylandi. T.ning ilk asarlaridayoq ijodiga xos bo’lgan harakatchan shakllar, keskin nursoya hamda boy tasavvuri ko’zga tashlanadi (1725 y.dan so’ng Venesiyadagi Dolfino saroyi uchun tayyorlangan kartinalar turkumi). 1735 y.dan T. asarlari erkin va jo’shqin tus oldi, ranglar yorqinlashdi va nozik tuslar bilan boyidi [Venesiyadagi Jezuati (1737-39) va Skaltsi (1743— 44) cherkovlaridagi plafonlar va b.]. Rassom asarlarida intererlarni illyuziyali kengaytirib va chuqurlashtirib, bezaklarni me’moriy kenglikka mahorat bilan uyg’unlashtirgan. Dastgoh asarlari obrazlarining yorqin ta’sirchanligi va mahoratli usuli bilan hayratga soladi (“Amfitratning zafari”, taxm. 1740, Drezden kartinalar galereyasida va b.). T. portretlar (“arendagi to’plam” ko’p shaklli kompozisiya, 1748-50 va b.), o’ta ta’sirchan grafik asarlar (“turli xil g’aroyibotlar”, “xayol hazillari” ofortlar turkumlari va b.) muallifidir.