TERAKLISOY RASMLARI
TERAKLISOY RASMLARI – Chatqol tog’tizmasi (Teraklisoy qirg’oqlari)dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. Toshkent viloyati Parkent tumani hududida. 1963 y.da geolog A.Agaponov va Chatqol tog’o’rmon qo’riqxonasi direktoriT. Esipovlartopgan. 1966 y.da A.Kabirov tomonidan o’rganilgan. T.r. oddiy chiziklar, shakl ko’rinishi, soya uslubida urib—cho’kichlab ishlangan: odam, arxar, tog’echkisi, bo’ri. ilon, g’ildirak shaklidagi quyosh, o’qyoy va b. buyumlar tasviri bor; alohida yakka hamda ko’p shaklli — ov, raqs va liniy marosimlar ijrosi bilan bog’liq manzaralar tasvirlangan. T.r.ning asosiy qismi mil. AV. 1ming yillikning 2yarmida yaratilgan, aksariyati nafis hamda odam va hayvonlar a’zolari bir-biriga mutanosib qilib ishlangan. T.r. san’at obidasi sifatida qad. tog’liklar hayoti, madaniyati, e’tiqodi, urfodatlari va b.ni o’rganishda qimmatli manbadir.