Terek

Terek — shim. Kavkazdagi dare. Uz. 623 km. Havzasining mayd. 43,2 ming km2. Katta Kavkazning shim. yon bagridan boshlanadi; quyiroqda, Daryal darasida yon tizmani kesib o’tadi. Tog’lardan chiqqandan so’ng pasttekislik bo’ylab oqib, Kaspiy dengiziga Delta (mayd. 4000 km2) qosil qilib quyiladi. Kor, yomg’ir, sizot suvlaridan to’yinadi. Qish mavsumida qisqa vaqt muzlaydi. Suvi sug’orishga sarflanadi. Asosiy irmoklari: chapda — ardon, urux, Malka (Baksan bilan birga); o’ngda — Sunja. Mozdok sh.dan yuqorirokda T.dan Terek Kuma kanali boshlanadi. Tog’li qismida T. va uning irmoklaridan elektr energiyasi olish uchun Baksan GES, Gizeldon GES va b. qurilgan. Daryo baliqqa boy. T. vodiysidan Gruziya harbiy yo’lining bir qismi o’tadi. T. bo’yida Mozdok, Kizlyar (deltasida) sh.lari joylashgan.