TEREKSOY SURMA KONI
TEREKSOY SURMA KONI – Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatining Chatqol tumanidagi kon. 1946 y.dan Qadamjoy surma kti tomonidan qazib olinadi. Minerallashish zonasi Sarasoy antiklinalining yadro qismida uni murakkablashtiruvchi va kenglik yo’nalishi bo’yicha cho’ziluvchi Suxar braxiburmasida joylashgan. Kondagi tog’jinslarining aksari qismi oxakli slaneslar bilan qoplangan proterozoy marmarlaridan iborat. Asosan, proterozoy davriga oid slanes va marmarlar chegarasidagi gidrotermal o’zgargan kvarsli brekchiyalar tarkibida 10% antimonit, o’rtacha 7,6% gacha oltingugurt ruda tanalari joylashgan. Brekchiyalar tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, kvarsohaktoshli, kvarsslanesli va kvarsli bo’ladi. Rudalashish zonasi turli darajada sulfidlashgan (pirit, arsenopirit) kulrang, och kulrang tusdagi brekchiyalashgan, kvarslashgan karbonatslaneili jinslardan iborat. Rudalashish zonasining chegaralari etarlicha aniq. Konda qatlamlinzasimon 4 ruda tanasi aniklangan bo’lib, 1ruda tanasi eng yirik va sifatli xamda qazib olishga yarokli. Ruda tanasi 250 m chuqurlikkacha davom etib, yo’nalishi bo’ylab qariyb 300 m, o’rtacha qalinligi 3,5 m. Kondan qo’shimcha kumush ham olinadi. Konning genezisi gidrotermalmetasomatik. Asosiy minerallari — pirit, antimonit, tug’ma oltin. Ikkilamchilari — markazit, sfalerit, tsinkelit, tetraedrit, xira rudalar va xalkopirit.