TERIODONTLAR

TERIODONTLAR (Theriodontia) qirilib ketgan teropsidlar turkumiga mansub sudralib yuruvchilar kenja turkumi. Perm oxiridan yura davri o’rtalarigacha Avstraliyadan tashqari hamma hududlarda yashagan. Uz. 10 sm dan 3-3,5 m gacha. T. juda harakatchan, jag’lari kuchli, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. tipik vakili inostranstseviya. Yuksak T.ning qoziq tishlaridan keyingi tishlari uch qirrali yoki ko’p do’mboqchali bo’lgan. Perm davri oxirida T. issiq qonlilikka o’tgan. Trias davrining T.i sut emizuvchilar uchun xos xususiyatlar (ikkilamchi tanglay, diafragma, Yung qoplami)ga ega bo’lgan. T. orasida hammaxo’r, o’simlikxo’r guruhlari uchraydi. T.ning bir guruhi — tsenodontlar tuban T. bilan qadimgi sut emizuvchilarni bog’lab turuvchi oraliq zveno hisoblanadi. Tsenodontlar Perm va trias davrlarida, umurtqalilarning kelib chiqishida asosiy rol o’ynagan.