Terixo’rlar

Terixo’rlar (Dermestidae) qo’ng’izlar oilasi. 800 ga yaqin turi ma’lum. Tanasining uz. 2-12 mm, tsilindrsimon yoki oval, mo’ylovi kalta. Lichinkasi harakatchan, tanasi xitin qoplag’ich va uzun tuklar bilan qoplangan. T. hayvon va o’simlikning quruq mahsulotlari (mo’yna, teri, quruq meva, gerbariy va b.), ayrim turlari gul changi bilan oziklanadi. Vetchina terixo’ri, muzey terixo’ri, mo’yna terixo’ri kabi zararkunanda turlari bor. T.ga karshi kurashish uchun omborlar dezinsektsiya qilinadi.