Termik izolyatsiya
Termik izolyatsiya – issiqlik yo’qolishini kamaytirish maqsadida qurilish konstruksiyalari elementlarini, santexnika va boshqa qurilmalarni issiqlik o’tkazuvchanligi kam bo’lgan materiallar bilan qoplash yoki pardozlab o’rash, masalan, chordoq ostidagi yopmalarga shlak sepish, isitish tizimi quvurlariga oq loy surkash, sovutgichlarni po’kakli plitalar bilan pardozlab o’rash.