Termiz arxeologik kompleks ekspedisiyasi
Termiz arxeologik kompleks ekspedisiyasi – Termiz sh. va atrofining tarixiy davrlarini belgilash hamda arxeologik materiallar to’plash maqsadida O’rta Osiyoda birinchi marta tashkil etilgan ilmiy ekspedisiya (1936-38). I.t. ishlariga M.E. Massoy rahbarlik qilgan. Ekspedisiyaga O’zbekiston qad. va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish qo’mitasi (Uzkomstaris), Leningrad davlat Ermitaji, Moskva dinga qarshi kurash Markaziy muzeyi, Samarkand va Termiz tarix muzeylari xodimlaridan iborat bir necha guruh (otryad) tuzilgan. A.P.Okladnikov rahbarligidagi guruh Teshiktosh g’oridesh muste davriga oid bolaning skeleti qoldikdarini topib, dunyo ahamiyatiga molik kashfiyot qildi. Termiz sh.ning tarixiy topografiyasi tuzildi. Chingiztepa va Qoratepa qad. budda ibodatxonasi ochildi; antik davr frizlari topildi; Ayritom xarobasida arxeologik tadqiqotlar olib borildi; Termizshohlar saroyinkt xarobalarini o’rganish ishlari keng yo’lga qo’yildi. Termiz va uning atrof rnlarining sugorish tarixi bilan bog’liq holda o’rta asr me’moriy yodgorliklari ham o’rganildi. Mil. AV. 1-a. va mil 1-a.ga oid sopol buyumlarning kompleks san’at namunalari topildi va Kushon podsholigi tarixini o’rganishga jiddiy qadam qo’yildi. O’zbekistonda birinchi marta tosh idishga bitilgan kxaroshti hind yozuvining namunasi topildi. Bu arxeologik topilmalar, asosan, O’rta Osiyoda quldorlik jamiyatining paydo bo’lish, rivoji va tushkunlikka yuz tutish davrlarini belgilab berishda katta rol o’ynadi. Umuman ekspedisiyaning faoliyati Termiz va uning atrof rnlarini o’rganish bilan cheklanibgina qolmay, balki O’rta Osiyo tarixini arxeologik jihatdan tadqiq etish hamda davrlashtirishda ilmiy ahamiyatga ega.