Termiz Daryo porti

Termiz Daryo porti – Amudaryoning yuqori oqimida, Termiz sh.da joylashgan dare porti; xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanadigan ishlab chiqarish. birlashmasi. 1994 y.dan tashkil etilgan. Tarkibida “Termiz” dare porti, suv yo’lining Termiz uchastkasi, kema ta’mirlash ustaxonalari bor. Mayd. 20,5 ga. 1953 y.da qurilgan. Tashqi savdo yuklariga mo’ljallangan sigimi 10 ming t bo’lgan yopiq va 100 ming t yukka mo’ljallangan ochiq omborlarga ega. Portga kiraverishda fumigasiya kameralariga ega bo’lgan “Termiz porteksport” t.y. styasi, 6 km uzunlikdagi ichki port shoxobcha yo’li, quvvati 7000 tg’sutka bo’lgan neft quyish prichali bor. Port tashki savdo eksportimporttranzit va gumanitar yuklarni ortishtushirish, yuklarni omborxonalarda saklash, dare floti yordamida yuklarni Afgonistonning Sherxon va Hayraton portlariga etkazib berish, belgilangan tariflarga ko’ra, yo’lovchilarni tashish va b. vazifalarni bajaradi. T.D.p. Jahon xalqaro yuk tashuvchi va xalqaro ekspeditor dengiz va dare portlari ro’yxatiga kiritilgan. T. D.p.ning yuk o’tkazish yillik quvvati 600 ming t, yuklarni tushirishortish quvvati 900 ming t. Turli maqsadlardagi 17 ta teploxod va yuk barjalariga, 10 ga yaqin port kranlariga ega.