TERMIZ HAYVONOT BOG’I

TERMIZ HAYVONOT BOG’I – ilmiy-ma’rifiy muassasa. O’zRdagi 2hayvonot bog’i (birinchisi Toshkentda). 1938 y. 1 sent.da Termiz sh.da 35 ga maydonda tashkil etilgan (1934-37 y.larda Surxondaryo o’lka muzeyi qoshidagi zoologiya bo’limi). 1942 y.da hayvonot bog’i yopildi va uning hayvonlari Toshkent hayvonot bog’ita ko’chirildi. 1947 y. 1 maydan qayta ish boshladi. Mayd. 22 ga, shuningdek, Termiz tumandagi “Yangiariq” shirkatfermer xo’jaligi hududida yordamchi xo’jaligi uchun 32 ga er ajratilgan (2004). T.h.b.da jonivorlarning 140 turi (umumiy soni 434 ta, 2003) mavjud bo’lib, undan 18 turi xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. Hayvonot bog’ida baliqlarning 15 turi; ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlarning 2 turi; sut emizuvchilarning 94 turi mavjud. Bular orasida sher, yo’lbars, qoplon, enot, poni, xongul, qulon, har xil maymunlar, qo’ng’ir ayiq, oq tirnoq ayiq, turli xil noyob qushlar bor. T.h.b. tajribabotanika uchastkasida 120 turdan ortiq xar xil mevali va manzarali daraxtlar va butalar o’stiriladi. Har yili “qushlar bayrami”, sayllar o’tkaziladi. 2001 y. T.h.b. xalqaro andozalar talabiga javob beradigan tartibda qayta qurildi. T.h.b. haqida “eng Janubiy” hujjatli film yaratilgan (1979). Hayvonot bog’i MDHdagi barcha hayvonot bog’lari bilan aloqalarga ega. Ad.: Termiz hayvonot bog’i, T., 1959. Shomat Samatov.