TERMOELEKTRON EMISSIYA

TERMOELEKTRON EMISSIYA, Richardson effekti— o’tkazgichlar, qattiq va ba’zan suyuq jismlardan issiklik energiyasi ta’sirida elektronlarning vakuum yoki boshka muxitlarga chikish hodisasi. Bu hodisa vakuumda toza metallar (W, mo, ta) dan 2000-2500 K trada va murakkab yarimutkazgichli katodlardan 1000 K trada kuzatiladi. Elektronlar jism sirti (emitter) dan tashqariga chiqishi uchun jism chegarasidagi potentsial to’siqni engishi zarur; past tralarda bu to’siqni enga olmaydi. Metall qizdirilganda elektronlarning kinetik energiyasi ortib, sirtdan o’tib, sirt atrofida fazoviy zaryad hosil qiladi. Fazoviy zaryadning elektr maydoni T. e. jarayonini susaytiradi. Buning oldini olish uchun fazoviy zaryaddan ma’lum masofada elektrod (anod)ga musbat potentsial berilib, fazoviy zaryad tortib olinadi, ya’ni termoelektron tok hosil qilinadi. Termoelektron tok emitter —katodxossasiga,anodkuchlanishiga va traga bog’liq. T.e. tokining maksimal to’yinish qiymatining kuchlanishga bog’likligi Chayld — Lengmyur formulasi bilan ifodalanadi. T.e. ko’pgina elektrovakuum asboblar va ion asboblar ishlashining asosi hisoblanadi. Uni dastlab 1900-01 y.larda o.U. Richardson o’rgangan. Richardson — Deshman formulasi yarimo’tkazgichli emitterlar uchun ham o’rinli, ammo bunda T. e. hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi. T.e. katodlar ishlab chiqarish, elektrovakuum va gazrazryad qurilmalarning asosini tashkil etadi. Ad.: Dobresov L.N., Gomoyunova M.V., Emissionnaya elektronika, M., 1966; Fomenko B.C., Emissionnie svoystva materialov, Kiev, 1970; Nikonov V.P., Oksidniy katod, M., 1979.