Termofosfatlar
Termofosfatlar – tabiiy fosfatlarni ishqoriyer metallar birikmalari bilan birga yuqori haroratda pishirib, tuyib tayyorlanadigan fosforli o’g’itlar. Fosfat shlaklari, shuningdek, ftorsizlantirilgan fosfatlar ham ba’zan T.ga kiritiladi. T. tarkibidagi fosfat angidrid (R2O5)ni, ayniqsa 20-30% R2O5 bo’lgan ishqorli T.ni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Ishqorli T. tabiiy fosfatlarni soda, soda shlaki yoki natriy sulfat bilan birga pishirib olinadi. Tarkibida 20% o’zlashtiriladigan R2O5 va 12% MgO bo’lgan magniyli (magnezial) T. tabiiy fosfatlarni magnezial silikatlar — olvinit, serpentinit bilan birgalikda pishirib olinadi. Bu o’g’itlar fosfor va magniy elementlari kam erlarga solinadi. T. nordon tuprokli erlar uchun foydali.