Termometr

Termometr (termo… — issiq va metr) — Trani o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va b.ning traga bog’likligiga asoslangan. T.ning suyuklikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuklikli T., asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuklik, mas., simob bilan to’ldirilgan bo’ladi. t-ra ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob ko’tariladi. t-ra kancha yuqori bo’lsa, simob shuncha kengayadi va naycha bo’ylab u shuncha yuqori ko’tariladi. Mac, -35° dan Q750° gacha Trani o’lchashda simob (-80° dan 170° gacha — etil spirta, -200° dan Q20° gacha — pentan, — 20° dan Q300° gacha — kerosin) bilan to’ldirilgan T.lar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuklikli T. qo’llaniladi. Fan va texnikada -269° dan Q1063° gacha Trani o’lchashda gazli T. qo’llaniladi. Bu T. gaz (past tralarda geliy, yuqori tralarda esa azot) bilan to’ldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat. Bunda t-ra gazning hajmi yoki bosimi o’zgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda -60° dan Q550° gacha Trani o’lchashda ko’pincha manometrik T.dan foydalaniladi. Bu T. gaz (azot), but (xlorli etil) yoki suyuklik (simob) bilan to’ldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. t-ra o’zgarishi bilan tizimdagi bosim o’zgaradi, prujina deformasiyalanadi, natijada mil shkala bo’ylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining traga bog’liqligiga asoslangan karshilik T.lari va termoelektr yurituvchi kuchning traga bog’likdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qo’llaniladi. Bunday tlar yordamida -200° dan Q500° gacha Trani o’lchash mumkin.