Termometriya

Termometriya (termo… va …metriya) — amaliy fizika va metrologiyaning bir bo’limi; Trani o’lchash usullari va vositalarini o’z ichiga oladi. T. da amalga oshiriladigan o’lchashlar, asosan, xalqaro amaliy t-ra shkalasiga asoslanadi. T. o’lchanayotgan t-ra diapazoni, o’lchash aniqligi va sharoitiga qarab t-ra o’lchashning yangi usullarini o’rganadi; t-ra shkalalarini aniqlash, etalon va namunaviy o’lchov asboblari, t-ra o’lchaydigan barcha asboblarni tekshirish uning vazifasiga kiradi. t-ra o’lchash usullari qo’llanilayotgan asboblarning ishlash printsipi, o’lchanayotgan t-ra diapazoni, o’lchash sharoitiga va kerakli aniklikka bog’liq. Ular 2 guruh: kontakt usuli — termometriyaga va kontaktsiz usul — nurlanish T.si yoki pirometriyaga bo’linadi. Kontakt usuli asosida muhit trasini o’lchaydigan asbob shu muhit bilan traviy muvozanatda, ya’ni muhit bilan bir xil trada bo’lishi kerak. t-ra o’lchaydigan barcha asboblar, asosan, sezgirlik elementi va u bilan bog’liq bo’lgan o’lchash asbobidan iborat. t-ra o’lchashda yagonalik va aniklikni ta’minlash uchun t-ra birligining Davlat etaloni kelvindan foydalaniladi. t-ra qiymatlarini t-ra etaloni bilan solishtirib, namunaviy asboblarga beriladi va ularga qarab t-ra o’lchaydigan ishlash asboblari darajalanadi va tekshiriladi.