Termoregulyasiya

Termoregulyasiya (termo… va lot. regulo — boshqaraman) — odam va issiq qonli hayvonlar (qushlar va sut emizuvchilar) gavda trasining turg’unligini ta’minlovchi fiziologik jarayon. Issiklik hosil bo’lishi (organizmda oksidlanish jarayoni yuz berganda) tezligining va teri orqali issiklik chiqarish (terlash va b.)ning o’zgarishi tufayli amalga oshadi. T. yordamida saqlanib turuvchi trada organizmda sodir bo’ladigan moddalar va energiya almashinuvi reaktsiyalari uchun optimaddir. Odam va issiq qonli hayvonlar organizmida to’xtovsiz ravishda issiklik hosil bo’lib, u tashqi muhitga chiqarib turiladi. Biror ish bajarish uchun tirik organizmda hamma vaqt energiya sarf bo’ladi va ana shu ish (aniqroq qilib aytganda, uni ta’minlovchi kimyoviy reaktsiyalar) oqibatida issiklik ishlab chiqariladi. Muskullar, jigar va buyrak jadal ishlaganda issiklik, ayniqsa, ko’p hosil bo’ladi. Odam tinch turganda 70% issiklik ichki a’zolar, 30% esa tinch holatda tolalari garchand kuchsiz bo’lsada, doimo qisqarib turadigan muskullar hisobiga ishlab chiqariladi. Jismoniy mehnatda issiqlik hosil bo’lishi bir necha marta ko’payadi va bu jarayonda muskullar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Organizmdan issiklik, asosan, teri orqali, kamroq darajada nafas, siydik va najas bilan ajralib chiqadi. T. issikliq hosil bo’lishining kuchayishi (pasayishi) yoki issiqlikni berish sur’atining o’zgarishi hisobiga amalga oshadi. Issiklik ishlab chiqarilishi, asosan, muskullarning ishlashiga qarab o’zgaradi. Sovuq vaqtida bir joyda tinch turganda qaltirash T.ga misol bo’la oladi. Bunda hech qanday ish bajarilmaganligi uchun butun energiya issiqlikka aylanadi. Kishi sovuqda qaltiraganda issiklik hosil bo’lishi 3 baravar ko’payishi mumkin. Organizmdan issiklik nurlanishi, issiqlik o’tishi (tevarakatrofdagi jismlarga tegilganda issiqlik berilishi), teri va o’pkadan suvning bug’lanishi va terlash orqali issiqlik chiqadi. Odamning normal hayot faoliyati bir necha gradus doirasida kechishi mumkin. Gavda xaroratining 36° dan past bo’lishi ham, 40—4G dan yuqori bo’lishi ham organizm uchun xatarlidir. Issiqlik g’osil bo’lishi bilan uning ajratilishi urtasidagi zarur balans Markaziy nerv sistemasi yordamida boshqarib turiladi. T. markazlari gavda trasining doimiyligini saqlab turuvchi juda ko’p va murakkab jarayonlarning borishi hamda koordinasiyasini ta’minlaydi. T. jarayonida Markaziy nerv sistemasining nazoratida endokrin sistema katta rol o’ynaydi. Jumladan, kalqonsimon bez gormonlari moddalar almashinuvining jadalligini, binobarin issiklik hosil bo’lishini kuchaytiradi, buyrak usti bezi gormonlari oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi va teri tomirlarini qisqartirib, issiklik ajratilishini kamaytiradi. Odam termoregulyator mexanizmlariga ongli ravishda yordam berib, ular ishini osonlashtirish maqsadida mavjud obhavoga Moe keladigan kiyimbosh tanlay olish kerak. Bu hayotga endi kelgan, hali T. mexanizmlari takomillashmagan bolalar uchun nihoyatda muhim. Bola organizmining haddan tashqari sovqotishi yoki qizib ketishi katta yoshdagi kishilarga ta’sir etmaydigan tashqi muhit tralarida ham sodir bo’lishi mumkin.