Ternopol

Ternopol (sobiq Tarnopol) — Ukrainaning Ternopol viloyatidagi shaxar. Viloyat markazi. Seret (Dnestr irmog’i) daryosi bo’yida. T.y. va shosse yo’llari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 235 ming kishi (1997). T. 1540 y.dan Rech Pospolita tarkibida ma’lum. 1772 y.dan Avstriya, 1809— 15 y.larda Rossiya imperiyasi, keyinchalik Avstriya va AvstriyaVengriya, 1919-39 y.larda Polsha tarkibida, 1939 y. dek.dan Ukrainaning Ternopol viloyati markazi. 1941 y. 30 iyundan 1944 y. 15 apr.gacha nemis fashistlari qo’lida bo’ldi. Respublikaning sanoat markazlaridan biri. Engil (ip gazlama kti, sun’iy ko’n zdi), oziq-ovqat (go’sht, shakarqand, sut va b.), mashinasozlik (shu jumladan, kombaynlar ishlab chiqarish.) sanoatlari mavjud. Farmasevtika fkasi, chinni zdi, mebel kti faoliyat ko’rsatadi. 3 oliy o’quv yurti (tibbiyot, ped., moliyaiqtisodiyot intlari), 2 teatr, o’lkashunoslik muzeyi (kartinalar galereyasi bilan birgalikda) ishlab turibdi. Me’moriy yodgorliklaridan Voskresenie (17-a.), Xristorojdestvenskaya (16-a. oxiri), Vozdvijenie (16-a.) cherkovlari, Dominika kostyoli (18-a.) saklangan.