Texnesiy

Texnesiy (Yun. technetos — sun’iy, lot. Technetium), Tc — Mendeleev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 43, at. m. 97,9072. T. ning 20 ta radioaktiv izotopi ma’lum. T. ni 1937 y. da E. Segre bilan italyan kimyogari K. Perre molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq bo’lgan. Hoz. T. yadro reaktorlarda uranning emirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. T.ning eng barqaror izotopi —”Ts (T1/2q2,12105 y). Metall holdagi T. jigarrang, uning sirti nam xavoda xiralashadi. Suyuqlanish trasi 2140°. Zichligi 11,5 g/sm3. T. — paramagnit, kimyoviy xossalari jihatidan ko’proq reniyga, bir oz marganesga o’xshaydi. Birikmalarda valentligi 0 dan 7 gacha (Q2, Q3, Q6, Q7). T. suvda va suyultirilgan xlorid kislotada erimaydi, vodorod peroksid bilan ammoniy gidroksid aralashmasida erimas – ligi jiqatidan reniydan farq qiladi. Zar suvida va nitrat kislotada erib, eritmada pertexnat ionlar (Tso4~) hosil qiladi. T., asosan, atom sanoati chiqindilaridan olinadi. Metall T. NH4Tc04, TcO2, Tc2S7 ni 600-1000° da vodorod bilan qaytarib olinadi. Pertexnatlar korroziya ingibitorlaridir. T. ning TsO2, TsO3 oksidi xam ma’lum. T. 400° da ftor bilan geksaftorid Tsg’6, xlor bilan geksaxlorid TsS16 hosil qiladi. T.ning Tso3x, Tsox3 (X — galogen) tarkibli rangli birikmalari, Tc2S7 tarkibli sulfidi, Tss tarkibli karbidi va b. birikmalari, mas., Tss14, Tss12, Ts(so)4×2, Ts (so)5X, (S5N5)2ts2 ham ma’lum. T. korroziyaga bardoshli modda bo’lganligi uchun reaktorsozlik va aniq asbobsozlik ishlarida konstruktsion material sifatida, suyukdanish trasi yuqori bo’lganligi uchun yuqori trali termoelementlarda ishlatiladi. “Ts emirilganida unurlar hosil bo’lmaydi. Shunga asoslanib, undan radiometriya va dozimetriyada fS standart sifatida foydalaniladi.