Texnik hujjatlar

Texnik hujjatlar — sanoat mahsulotlarini loyihalash, tayyorlash, sinash va ulardan foydalanish, shuningdek, binolar (inshootlar)ni loyihalash, qurish va ta’mirlash uchun zarur bo’ladigan grafik va matnli qujjatlar majmui. Asosiy xillari: loyig’alash va ishchi hujjatlar (qurilishda), konstruktorlik va texnologik qujjatlar (sanoatda), me’yoriytexnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, umumiy texnik talablar, yo’riqnomalar, sinovlar uslubiyati va b.). T. G’. maxsus standartlar orqali belgilab qo’yiladi. Bu standartlarda T. h.ni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, butlash, ularga o’zgartirishlar kiritish va sakdash tartibi va qoidalari ko’rsatiladi (q. Standart, Standartlash).