TEXNOLOGIK DETERMINIZM

TEXNOLOGIK DETERMINIZM — ijtimoiy rivojlanishning asotsini ishlab chiqarishning texnik va texnologik tuzilmalari o’zgarishlariga bevosita bog’laydi. Unga ko’ra texnik-texnologik har bir muhim o’zgarish ijtimoiy tuzilmalarni va ular o’rtasidagi munosabatlarni o’zgartiradi. Bu yondoshuv industrial, postindustrial, texnotron, axborot jamiyatlari konsepsiyalari uchun xos. Ikki asosiy yo’nalishi: 1) evdemonizm (yun. baxt) ishi o’z-o’zidan barcha muammolarni hal qilishidan kelib chiqsa; 2) alarmizm (fr. havotir) ishining salbiy oqibatlariga diqqatni qaratadi.