Teylorizm

Teylorizm — ishlab chiqarishni boshqarish, mehnatni tashkil etish va moddiy rag’batlantirish hamda biznes samaradorligi nazariyasi; Amerika menejment nazariyasining bir yo’nalishi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida AQSh muhandisi va olimi F.U. Teylor (1856— 1915) tomonidan ishlab chiqilgan. Teylor mehnatni rasional tashkil etish qonuniyatlariga asoslangan qat’iy ilmiy bilimlar tizimini taklif etdi. Uning tashkiliy unsurlari: tannarxni hisoblashning matematik usuli; mehnatga haq to’lashning tabaqalashgan tizimi; vaqtni va mehnat harakatlarini o’rganish usuli (xronometraj); mehnat jarayonini qismlarga bo’lish va rasionalizasiyalash; funktsinal ma’muriyat; instruktsion kartochkalar va b. (keyinchalik ular amerikacha “ilmiy menejment” tarkibiga kirdi). Teylorning fikricha, ishlab chiqarish.ning samaradorligini oshirishga faqatgina mehnat jarayonini, usullarini, asboblarini standart lashtirib erishish mumkin. Ishchilar o’z vazifalarini mutlaqo mexanik tarzda bajarishlari lozim, ishlab chiqarish. boshqaruvi esa etarli bilim va malakaga ega bo’lgan tashabbuskor ma’muriyat tomonidan amalga oshirilishi kerak. Teylor moddiy manfaatdorlik tamoyilini o’z nazariyasiga asos qilib oldi, ya’ni ish haqi yordamida ishchi mehnatini maksimal ravishda intensivlashtirish mumkin, degan fikrni olg’a surdi. Teylor ijtimoiyfalsafiy kontsepsiyasining Markaziy tamoyiliga ko’ra ish haqi oxiroqibat ishchining ishlab chiqarish. ga qo’shgan hissasiga Moe bo’lishi hamda ishlab chiqarish.ni kengaytirishga olib kelishi lozim. O’z kontsepsiyasini ishlab chiqarish.da Teylor tadqiqot o’tkazishning aniq usullari — intervyu, anketa, kuzatish usullaridan foydalandi. T. asosida 4 ta ilmiy tamoyil (boshqaruv qonunlari) yotadi: eski, o’ta amaliy ish uslubini, mehnat faoliyatining har bir alohida turini ilmiy boshqaruv uslubiga almashtirish; ishchi va menejerlarni ilmiy mezonlar asosida professional tanlash; mehnat jarayonini ilmiy tashkil etish masalalari bo’yicha ma’muriyatning ishchilar bilan hamkorligi; ishchilar va menejerlar o’rtasida mas’uliyatning tekis va adolatli taqsimlanishi. T. tamoyillari dastlab AQShda, so’ngra Buyuk Britaniyada mehnatni tashkil etish tarzida amaliyotga joriy qilingan. T. keyinchalik amerikacha menejment falsafasining asosiy manbalaridan biriga aylandi. Ad.: Teylor F.U., Nauchnaya organizasiya truda, 2 izd., M., 1925; Uoll N., Markuze Ya.,Laynz D., Martin B., Ekonomika i biznes, Per. s angl. M., 1999. Farhod Akbarov.