Teyshebaini

Teyshebaini — Urartu davlatining yirik markazi (miloddan avvalgi 7-6-asr). Yerevan shahridagi Karmirblur tepaligida qal’a xarobalari saqlangan. Mahobatli inshoot qoldiqlari (150 ga yaqin xona — ustaxonalar, omborxonalar, don omborxonalari, vino saqlanadigan yerto’lalar va boshqalar) aniqlangan. Qal’a atrofida to’g’ri rejalashtirilgan shahar joylashgan. Teyshebainidan ko’plab qurol-aslahalar (jumladan, Urartu shoxlariga tegishli serbezak dubulg’alar, sadoqlar, qalqrnlar, qilichlar va boshqalar), san’at buyumlari, taqinchoqlar, mixxat yozuvlari topilgan. Miloddan avvalgi 585 yil Teyshebaini mahalliy va skif qabilalari tomonidan vayron etilgan.