Tezguzar qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Tezguzar qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining Vobkent rayonida. Toponimning kelib chiqishini “tez yur, tezroq o’t” deb talqin qiladilar. Bu – afsona. Nom aslida Tezguzar emas, Dizguzardir. Diz “qo’rg’on”, guzar “kechuv”, ya’ni “qo’rg’on yonidagi kechuv” degan ma’nodadir. Xalq diz so’zining ma’nosini unutgach, “tez deb talaffuz qila boshlagan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, bu yerdan Oqmachit, G’azali, Orenburg shaharlariga karvon qatnagan.

Leave a Reply