“Tib qonunlari”

“Tib qonunlari” (asl nomi “Kitob Alqonun fittib”) — Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. “T.q.”o’z davridagi tabobatning mufassal entsiklopediyasi bo’lib, unda inson sog’ligi va kasalliklariga oid bo’lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to’la bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shug’ullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qo’llash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga ko’tardi va yunon, Rim, hind, yaqin va Urta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib “T.q.”da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi. Ibn Sino “T.q.”ning 1kitobini Go’rgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan (1015— 1024). Ibn Sino “T.q.”ni yozishda yunon tabiblaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Oribaziy, Pavel, Hindiston tabiblaridan Charaka asarlarining Arab tiliga tarjimasidan; O’rta va yaqin Sharq mamlakatlaridan etishib chiqqan Abu Jurayj, Masih adDimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahl, Sahorbuxt, Abu Bakr ar Roziy, Abu Sahl alMasihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. “T.q.”ning har bir kitobi, o’z navbatida, qismlarga (fan), bo’limlarga (jumla), maqolalarga (maqola) va paragraflarga (fasl) bo’lingan. 1kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining ta’rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta’limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining “oddiy” a’zolari — suyak, Tog’ay, asab, arteriya, vena, pay, bog’lam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko’rinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sog’liqni saqlash haqidagi ta’limot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan. 2kitobda o’sha davrda o’simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan 800 dan ortiq doridarmonlar ta’rifi, ularning davoli xususiyatlari va qo’llanish usullari bayon qilingan. Muallif O’rta Osiyo va yaqin Sharq hamda O’rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan doridarmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O’rta dengiz atrofi va b. joylardan keltiriladigan ko’plab dori va moddalarni ham ko’rsatib o’tadi. Ibn Sino tavsiya qilgan ko’pgina dorilar farmakopeyada hoz. ham qo’llanadi. 3kitobda odam gavdasining boshidan tovonigacha bo’lgan a’zolarida yuz beradigan “xususiy” yoki “mahalliy” kasalliklar haqida ma’lumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bag’ishlangan. Unda bosh miya (shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar), ko’z, quloq, burun, og’iz bo’shlig’i, til, milk, lab, tomoq, o’pka, yurak, ko’krak, qizilo’ngach va me’da kasalliklari, so’ngra jigar, o’t pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yo’li, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy a’zolari kasalliklari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 4kitob kishi a’zolaridan birontasiga xos bo’lmagan “umumiy” kasalliklarga bag’ishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmalar (kasallik davridagi buhronlar), shishlar (shu jumladan, rak), toshmalar, yarachaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning jarohatlanishi, bosh suyagi, ko’krak qafasi, umurtqa va qo’loyoqlarning shikastlanishi kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda uzoq cho’ziladigan va o’ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida so’z boradi; zaharlar va zaharlanish haqidagi ta’limot (toksikologiya)ning asosiy masalalari ham bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo’limi inson husni va chiroyini saqlashga va pardozandoz vositalariga bag’ishlangan. Jumladan, Ibn Sino sochni to’kilishdan saklaydigan hamda haddan tashqari semirib yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalarni ham tavsiya qiladi. 5kitob farmakopeya bo’lib, unda murakkab tarkibli doridarmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari yoritilgan. Uning birinchi hemila turli taryoklar (ziddizaharlar), ma’junlar, habdori, kulcha dori (tabletka), elaki dori, sharbatlar, qaynatmalar, sharob, marham va h.k. tavsifi berilsa, ikkinchi qismda muayyan a’zolar — bosh, ko’z, quloq, tish, tomoq, ko’krak qafasi va qorin bushligi a’zolari, bo’gimlar va turli teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan hamda sinalgan doridarmonlar keltiriladi. 11-a.ning boshlarida yozib tugatilgan “T.q.”ning ko’p sonli qo’lyozma nusxalari tarqalib, tib ilmi bo’yicha eng mukammal asarga aylanadi. U Sharkda naqadar mashhur ekanligini jahonning turli kutubxonalarida saklanayotgan qo’lyozmalarning ko’pligidan ham bilsa bo’ladi. Eron olimi Yahyo Maxdaviyning “Fihristi nusxahoi musannafoti Ibn Sino” nomli kitobining o’zida “T.q.”ning 130 nusxasi keltirilgan. O’z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida ham “T.q.”ning 3 qo’lyozmasi sakdanadi. Shulardan eng qadimiysi 1308 y.da ko’chirilgan to’liq nusxadir. Sharkda ko’p olimlar, xususan, Muhammad Iloqiy Fahriddin Roziy, Muhammad Naxchivoniy, Ibn anNafis, Qutbiddin Sheroziy, Mahmud Chag’miniy, Abdulloh Oqsaroiy, Sadididdin Kozaruniy, Abdurahmon Misriy, Hakim Ali Jiloniy, Ishoqxon ibn Ismoilxon, Hakim Shifoiyxon va b. “T.q.”ga sharxlar yozdilar, uni qisqartirib “Qonuncha” nomi bilan kichik qo’llanmalar tuzdilar. “T.q.”ning Arabcha matni birinchi marta 1593 y. Rimda, keyinchalik Qohira (1873, 1877, 1879), Tehron (1889), Laknav (1906) va Lohurda (1905) qam chop etildi, “qonun” ko’p o’tmay G’arb mamlakatlarida ham Shuhrat topdi. 1130 y. tarjimonlar guruhi tashkil qilinadi va kremonalik Gerard (1114-1187 y.) “T.q.”ni Arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi, biroq bu ishni keyin 13-a.da yashagan Gerard oxiriga etkazadi. Umuman “T.q.”lotin tilida 40 martadan ortiq to’la holda nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa sonsanoqsizdir. 19-a.ga kelib Evropada “T.q.”ga bo’lgan qiziqish orta boshladi va uning ayrim qismlari nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilindi. Asarni hoz. zamon tillariga tarjima qilishni O’zbekiston sharqshunoslari o’z zimmalariga oldilar, ular “T.q.» ning 5 kitobini arabchadan o’zbek va rus tillariga tarjima qilib, 1954— 61 y.lari Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar. “T.q.”ni arabchadan o’zbek tiliga tarjima qilishda sharqshunos olimlardan A. Rasulev, S. Mirzaev, U. Karimov, A. Murodov, A. Qayumov, A. Urinboev va q. Munirov qatnashgan. Ruscha tarjimasida M. A. Sale, U. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, P. G. Bulgakov, S. Mirzaev va A. Rasulevlar ishtirok etganlar. 1980 y.da Ibn Sino tavalludining shamsiy hisobda 1000 yilligi munosabati bilan “T.k,.”ning qayta ishlangan o’zbek va rus tillaridagi u. Karimov tomonidan tayyorlangan to’liq nashri 1979-1983 y.larda chop etiddi. Shundan so’ng “T.k..”o’zbek va rus tillarida muxtasar shaklda (3 jildli va 1 jildli) yana 4 marta, rus tilida to’liq stereotip shaklda yana 2 marta (10-jildli) nashr bo’ldi. Bu tarjimalar asosida zamonaviy tibbiyot va dorishunoslikning turli sohalariga oid ilmiy makala va kitoblar nashr etish hozir ham davom etmoqda. “T.q.”kitobi ko’p aerlar davomida tibbiyotdan asosiy dastur bo’lib kelgan, hozir ham bir qancha dorilfununlarda urganiladi. Surayyo Karimova.