Tiflotexnika

Tiflotexnika – ko’rlar, ko’zi ojizlar va ko’rkarlarni o’qitish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga madaniymaishiy xizmat ko’rsatish, ko’zi ojizlarning ko’rish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun mo’ljallangan maxsus asbobsozlik sohasi. T. oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, oftalmologiya, ko’rish neyrofiziologiyasi, elektrofiziologiya, fiziologik optika, ko’rish gigienasi, ergonomika, umumiy, muhandislik va tibbiy psixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya, aloqa nazariyasi, elektronika, axborotlar nazariyasi va b. sohalarga asoslanadi. Elektron T. narsalar, vizual jarayonlar va hodisalar to’g’risida ko’rlarga ob’ektiv axborot beradi. Ko’rlar va ko’zi ojizlarning odatdagi kitob, jurnali, gazeta va b.ni “o’qishlari” uchun oddiy harflarni ovoz, taktil, taktiltitrama signallarga aylantirib beruvchi “o’qish” mashinalari ishlab chiqilgan. Maxsus apparatlar maktablar va b. bilim yurtlarida u^kaziladigan lab. ishlarida ko’r va ko’zi ojizlarning atrofdagi narsalar, jarayonlar va xrdisalar to’g’risida muayyan tasavvur olishlariga imkon beradi. Ko’rlarning ko’chakuyda mo’ljal olishlarini osonlashtirish uchun tovush yoki taktil signalizasiyali elektron asboblar yaratilgan, maxsus elektron hassalar ishlab chiqarilgan. Ko’rlar va ko’rkarlarning yozishlari uchun L. Brayl tizimida turli asboblar va maxsus yozuv mashinkalari ishlab chiqarilgan. Ko’zi ojizlar uchun maxsus linzalar, proektsion apparatura, o’qish moslamalari, maktablardagi frontal mashg’ulotlar uchun berk tizimdagi televizion qurilmalar mavjud. Bunday vositalarning yangi turlarini ishlab chiqish borasida i. t. ishlari olib borilmoqda. Ko’zi ojizlarning ko’rish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun turlituman optik asboblar yaratilgan. Ko’rlar va ko’zi ojizlarning mehnat faoliyatiga ko’maklashish uchun ish unumdorligini oshirishga yordam beradigan, mehnat xavfsizligini ta’minlaydigan qurilmalar ishlab chiqarilgan. T. ko’z va qulog’ida kamchiliklar bo’lgan odamlarning hayot kechirishi va mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun juda muhim ahamiyatga ega.