Tigray, tigrinnya

Tigray, tigrinnya — som tillari oilasining efiopsom tarmogiga mansub til; Efiopiya va Eritreya davlatlarida tarqalgan. Eritreyaning rasmiy tili. Unda 6 mln.dan ortiq kishi so’zlashadi. O’zaro yaqin akkele guzay, Adua, xamasin, tanben, agame lahjalarining qorishmasidan iborat. Fonetik tizimi umumiy som konsonantizmidan ayrim o’xshash undoshlarning bir undoshga birlashib ketganligi bilan farklanadi. T. leksikasi va sintaksisiga kushit tillari hamda geez, amxar tillari kuchli ta’sir ko’rsatgan (Mae. kesim ko’pchilik som tillarida gap boshida kelsa, T.da gap oxirida keladi). T.da o’ziga xos adabiyot va matbuot 20-a.ning 40-y.laridan rivojlana boshladi; efiop yozuvidan foydalanadi.