TIKAL
TIKAL — Gvatemaladagi indeys. Myayyalarning qadimgi shahar davlati (miloddan avvalgi 6-asr — milodiy 9-asr). Tikal xarobalarida arxeologik qazish ishlari 20-asr boshidan AQSh va Gvatemala olimlari tomonidan olib borilmoqda. Tikal o’rnida yuzlab ibodatxonalar (bosh ibodatxonaning balandligi 71 metrga yetgan), zodagonlar saroylari (ulardan biri — 5 qavatli bo’lgan) va boshqa me’moriy yodgorliklar, bezakli va bitikli ustunlar (stelalar), mehroblar, amaliy bezak san’ati, yog’och o’ymakorligining ajoyib namunalari topilgan. Eng muhim obidalar qisman ta’mirlangan.