TIKAN

TIKAN, tikanak (o’simliklarda) — o’simlikdagi uchi o’tkir qattiq o’simta; barg, ildiz va b.ning metamorfozga uchrashi natijasida vujudga keladi. Tikanning ichida yog’och qism bor. Tikan bargdan (zirkda), barg tomiridan (ba’zi astragallarda) yoki gulyonbargchadan hosil bo’ladi. Poyaning pastki qismidagi qo’shimcha ildizdan ham hosil bo’lishi mumkin (ba’zi palmalarda). Tikan quruq va issiq iklimli o’lkalardagi o’simliklarda ko’proq uchraydi.