Tikanli baliqlar

Tikanli baliqlar (Gasterosteidae) — tikansimon baliqlar turkumi oilasi. 5 urug’i, 10 ga yaqin turi bor. Atlantika, tinch okean va shim. muz okeani havzalariga mansub dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Tanasining uz. 3— 20 sm. Orqasida 3— 16, qorin tomonida bitta tikan bo’ladi (nomi shundan). T.b. 3— 4 yil yashaydi, 1 yilda voyaga etadi. Bahor va yozda uvildiriq tashlaydi. 60— 400 tagacha tuxum qo’yadi. T. b.ning nasl to’grisida g’amxo’rligi murakkab rituaddan iborat: erkagi o’simlik parchalaridan uya qurib, uyaga tuxum qo’yadigan bir necha urg’ochisini haydab kiradi; tuxumlari va tuxumdan chiqqan baliqchalarni qo’riqlaydi. T. b. mayda qisqichbaqasimonlar, hasharotlarning lichinkalari, boshqa baliqlarning uvildiriq va chavoqlari bilan oziqlanib, baliqchilikka qisman zarar etkazadi. Xo’jalik ahamiyati kam, faqat 3 ignali T.b. ovlanadi.